31:0. Jahon futbolidagi dahshatli hisoblar

  • 20 noyabr, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozir hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Shunga qaramay, futbolda favqulodda yirik hisoblar ham qayd etilyapti.

Tecno

2024 yilgi Evropa chempionati saralash turnirida Frantsiya terma jamoasi Gibraltar futbolchilari darvozasiga 14 ta to‘p kiritgani ana shu toifadagi o‘yinlardan.

Sports.uz sayti e’tiboringizga xalqaro maydonda qayd etilgan eng yirik hisoblar haqidagi ma’lumotlarni havola etadi.

San-Marino - Germaniya 0:13

2006 yili qayd etilgan bu natija yaqingacha Evropa chempionati saralash turniri rekordi edi. Bu aholisi 30 mingdan ziyod San-Marino tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich.

Frantsiya - Gibraltar 14:0

Evropa chempionatlari saralashining yangi rekordi. Frantsiya yulduzlari kamtargina Gibraltarni yanchib tashladi.

Kuvayt - Butan 20:0

2000 yilgi Osiyo chempionatining saralashida kuvaytliklar gol urish qanaqa bo‘lishini ko‘rsatdi.

Shimoliy Koreya – Guam 21:0

Shimoliy koreyaliklar kerak bo‘lsa, futbol o‘ynashni ham biladi. Jamoa hujumchisi Kvan-Xyok Kim 2005 yili Sharqiy Osiyo chempionati guruh bahsida guamliklar darvozasini etti bor ishg‘ol qildi. Guam bungacha 2002 yilgi jahon chempionati saralashida Eronga 0:19, tojikistonga 0:16 hisobida yutqazgan.

Avstraliya - Tonga 22-0.

Avstraliya terma jamoasi 2005 yili Osiyo futbol konfederatsiyasiga ko‘chib o‘tguniga qadar Okeaniyada gegemon bo‘lgan. 2001 yili avstraliyaliklar Tonga terma jamoasi darvozasiga javobsiz 22 ta to‘p kiritgan.

Taiti – Kuk orollari 30:0

1971 yili bo‘lib o‘tgan bu uchrashuv futbol tarixidagi eng yirik natijalardan biri sifatida qayd etilgan.

Avstraliya – Amerika Samoasi 31:0

Avstraliya 2001 yili Tongani dahshatli hisobda engganidan keyin samoaliklarni ham ayab o‘tirmadi. Archi Tompson 13 ta gol ur urgan uchrashuvda avstraliyaliklar 31:0 hisobida g‘olib chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!