25-turda ligani tark etadigan klub aniq bo‘ladi...mi yoxud pley-offda kimlar o‘ynaydi?

  • 14 noyabr, 2024, 20:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga karvoni manziliga yaqinlashib qoldi. Yana 2 ta turdan so‘ng chempionat rasman yakuniga etadi. Pastki o‘rinlarda borayotgan jamoalar uchun oxirgi ikkita tur hayot-mamot jangiga aylanadi. Quyida shu xususida to‘xtalamiz.

Tecno

Bilasiz, Superligani mavsum boshidan beri muvaffaqiyatsiz o‘tkazib kelayotgan “Metallurg” klubi 17 ochko bilan oxirgi o‘ringa “mixlanib” qolgan. 25-turda jamoa “Surxon” bilan, oxirgi turda esa amaldagi chempion “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi. “Metallurg”ni 13-o‘rindagi “Lokomotiv”dan 4 ochko ajratib turibdi. 25-tur bekobodliklar taqdirini hal qilib beradi.  Agar “Metallurg” “Surxon”ga imkoniyatni boy bersa, tamom, rasman Superligani tark etadi. Shuni inobatga olganda, shundoq ham imkoniyatlari kamayib ketgan “Metallurg” qanday bo‘lmasin “Surxon”ni yutishi va qolgan raqiblarining natijalariga e’tibor qaratishga majbur. Oxirgi turda esa Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘ladi. Rosti, bekobodliklarga juda og‘ir.

25-tur

“Metallurg” – “Surxon”

26-tur

“Nasaf” – “Metallurg”

21 ochko bilan 13-o‘rinni band etib turgan “temiryo‘lchilar” Samarqandda “Dinamo”ni 1:2 hisobida engib qaytgach, juda qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdi. “Loko”ni 12-o‘rindagi “Bunyodkor”dan 3 ochko ajratib turibdi. Klubda murabbiylar almashganidan keyinoq Samarqanddan g‘alaba bilan qaytgani fonida ularda ishonch va ishtiyoq yana oshgandek. Biroq raqiblar jiddiy. 25-turda Jizzaxda “So‘g‘diyona” bilan bellashadi. “Nasaf” maydonida yutib kelgan “So‘g‘diyona” kumush medalni qo‘lga kiritish uchun “Lokomotiv”ni engmasa bo‘lmaydi. O‘z navbatida “temiryo‘lchilar”ga ham g‘alaba har qachongidan ko‘ra zarur. So‘nggi turda ular “Neftchi”ni qabul qiladi. “Lokomotiv” chempionat yakunida pley-offda o‘ynaydimi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qolish imkoniyatiga ega bo‘ladimi, vaqt ko‘rsatadi. Lekin boshqa raqiblari ham jim qarab turmaydi-da!

25-tur

“So‘g‘diyona” – “Lokomotiv”

26-tur

“Lokomotiv” – “Neftchi”

Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi “Bunyodkor”ni so‘nggi ikki turda “Olimpik” hamda “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvlar kutyapti. “Qaldirg‘ochlar”da Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri jon saqlab qolish imkoniyati bor. Faqat buning uchun ikkala uchrashuvda yutishi kerak. “Olimpik” bilan o‘yin derbi maqomida va ikkala klub uchun o‘yinning ahamiyat juda baland. Bu katta ehtimol bilan pley-off yoki ligada qolish imkoniyatini belgilab beradi.

25-tur

“Olimpik” – “Bunyodkor”

26-tur

“Bunyodkor” – “Paxtakor”

25 ochko bilan 11-o‘rinni band etib turgan “Olimpik” “Bunyodkor” bilan birga kamida ligada jon saqlab qolish uchun pley-offda qatnashishini naqd qilgan. Qolgani jamoalarning o‘zlariga bog‘liq. Denis Korostichenko jamoasi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri qolish uchun kurashyapti. Kelayotgan turda “Bunyodkor”ga qarshi o‘yin printsipial ahamiyatga ega. Chempionatni “Surxon”ga qarshi o‘yin bilan yakunlashadi. O‘tgan turda “Olimpik” OKMKga qarshi yaxshi taassurot qoldirdi va 2:2 o‘ynadi. Sal qolsa yutib ketishi ham mumkin edi. Aytmoqchimizki, “Olimpik” mavsum oxiriga borib o‘yiniga qo‘shdi. So‘nggi turlar shubhasiz “yonadi”.

25-tur

“Olimpik” – “Bunyodkor”

26-tur

“Surxon” – “Olimpik”

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!