
2025 yilning eng yaxshi jangchisi kim bo‘ladi? Taniqli MMA ustasi javob berdi
48 yoshli MMA yulduzi, hozirda tahlilchi Cheyl Sonnen "2025 yilning eng yaxshi jangchisi" sovrinini kim olishi mumkinligi aytdi.
"Yilning eng yaxshi jangchisini tanlash juda qiyin bo‘ladi. Chunki Merab Dvalishvili yil boshidan buyon ajoyib bahslar taqdim etmoqda, shuningdek Iliya Topuriya katta shov-shuv ko‘tardi. Xamzat Chimaev ham ushbu poygada qatnashyapti. Agar Aleks Pereyra revanshda Magomed Ankalaevni mag‘lub etsa, barchasi yana-da chigallashib ketadi...", - deya Sonnenning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie"
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Merab Dvalishvili Islom Maxachevni ortda qoldirib, "ESPY 2025" sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar