2021 yil Bektemir Meliqo‘ziev super janglarda ringga ko‘tariladi

  • 29 oktabr, 2020, 09:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76 kg) faoliyat yuritadigan Bektemir Meliqo‘zievning 30 oktyabr kungi jangi oldidan menejeri Aliko Frolov o‘ziga xos fikr bildirib o‘tishi barobarida kelajak rejalar bilan ham o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Biz jangga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Agar, barchasi rejadagidek bo‘lsa, biz keyinchalik sobiq jahon chempioni Devid Lemyo, Deniel Jeykobs va shu kabi katta nomlarga qarshi jang qilmoqchimiz. Bizga Sergey Kovalyov yoki Sallivan Barrera kabi nomdor raqiblar ham taklif qilingan edi. Bu borada bizdan so‘rashni hojati yo‘q. Bektemir 175 fundda ham (79kg) o‘zini ko‘rsatishi uchun jiddiy chaqiriqlarni qabul qilishga tayyormiz.

"Golden Boy" promouterlik kompaniyasining janglar tashkilotchiligi bo‘yicha mas’ul Roberto Dias bilan maslahatlashgan holda, 2021 yil oxiriga WBA yoki WBO yo‘nalishida chempionlik jangini maqsad qilganmiz. Albatta, barcha kabi bu yil bizda ham tanaffus bo‘ldi, ammo Bektemir har doim yuqori formani saqladi va bo‘lg‘usi jangda undan ajoyib g‘alaba kutamiz",- dedi Meliqo‘zievning yordamchi menejeri Alik Frolov.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziev 30 oktyabr kuni Alan Kampaga qarshi WBA Continental va WBO Inter-Continental kamarlari uchun ringga ko‘tariladi. Buni "Mir Boksa" kompaniyasi Twitter sahifasi ham e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!