
2001 yildan buyon ilk bor MYu - "Liverpul" uchrashuvida bunaqa voqea sodir bo‘lmagandi
Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 9-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Dastlab Markus Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik Adam Lallana 85-daqiqada gol urib mersisaydliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. E’tiborlisi, 2001 yildan buyon ilk bor MYu va “Liverpul” jamoalari bahsida ikkala jamoadan ham ingliz futbolchilari gol urishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan 18 yil muqaddam bo‘lgan “Liverpul” – MYu bahsida Maykl Ouen va Devid Bekxemlar o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishgan edi.
Fikrlar