20 yildan keyin Markaziy Osiyo derbisi qaytmoqda!

  • 24 fevral, 2023, 14:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" va "Qayrat" yana o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash keladi.

Tecno

Oxirgi marta rasmiy bellashuvda jamoalar 1990 yil SSSR chempionati birinchi liga doirasida duch kelishgandi. Toshkentdagi bahs 2:1 hisobida "Paxtakor" g‘alabasi bilan yakunlangan. Rifat Galiev va Igor Shkvirin kiritgan to‘plarga raqibdan Kariev javob qaytargan. So‘nggi marta o‘rtoqlik o‘yinida 2003 yil Olma-Otada qozoq futbolining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvida "Qayrat" 2:1 hisobida zafar quchgan. Iyul oyida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlardan Tlexugov va Qurbonov, jamoamizdan Kapadze gol urgan.

Oxirgi rasmiy o‘yin protokoli
"PAXTAKOR" - "QAYRAT" - 2:1 (2:0)
1990 yil 4 noyabr. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 13000 tomoshabin.
Hakam: V.Kupryashkin (Moskva).
"Paxtakor": Aleksandr Yanovskiy, No‘’mon Xasanov (Saydullo Tursunov), Vyacheslav Klochkov, Mirjalol Qosimov, Gennadiy Denisov, Ilhom Sharipov, Sergey Bondarenko, Andrey Miklyaev (Vladimir Buntov), Xoren Oganesyan, Igor Shkvirin, Rifat Galiev.
"Qayrat": Grozdov, Kojabergenov, Ahmedov, Neyshteter, Junenko, Chuxleba (En), Rikov (Aymanov), Salimov, Mixel, Ensenbaev (Kariev), Klimov.
Gollar: Galiev, 4 - 1:0. Shkvirin, 27 - 2:0. Kariev, 74-pen - 2:1.
Foydalanilmagan penalti: Kariev, 89.

Rasmiy o‘yinlarda jami 60 to‘qnashuv kuzatilgan. 20 uchrashuvda "Paxtakor", 26 bahsda "Qayrat" g‘alaba qozongan. 14 bellashuv durang bilan tugagan. "Sherlar" 70 to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 81 gol o‘tkazib yuborgan.

O‘zbek va qozoq futboli bayroqdor klublari sanalgan "Paxtakor" va "Qayrat" o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan. Toshkentdagi bellashuvdan keyin Almatida javob o‘yinini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Oxirgi yillarda klublar o‘rtasidagi aloqalar iliq ko‘rinish oldi. 2019 yil faxriylar o‘rtasida Olma-Otada o‘yin o‘tkazilib, unda 1:1 natijasi qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!