
2 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan derbida "Barselona" ochko yo‘qotdi
Ispaniya La Ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Espanol" o‘yini yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 7-daqiqada darvozani ishg‘ol etgan Markos Alonso hisobni ochdi. Xoselu 73-daqiqada penaltidan aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. E’tiborlisi, bosh hakam Mateo Laos 2 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Shu tariqa, derbida ochko yo‘qotgan "ko‘k-anorranglilar" turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Espanol" 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar