19 yoshli jangchi UFC bilan shartnoma imzoladi

  • 27 dekabr, 2024, 14:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

19 yoshli qiz Elis Perreyra aralash yakkakurashlar olamidagi eng nufuzli tashkilot - UFC bilan shartnoma imzoladi va ayollar o‘rtasida o‘ta engil vazn toifasidagi divizionga qo‘shildi.

Tecno

Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Elis o‘zining professional faoliyatini bir yarim yil oldin boshlagan va shu vaqt ichida beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. Qiziqarlisi, Elis  "Pereyra" familiyasi bilan kirgan braziliyalik oltinchi UFC jangchisi hisoblanadi, biroq uning yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Aleks Perreyraga aloqasi yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!