17 yoshli Lamin Yamalga “dahshatli” summa tikildi

  • 18 oktabr, 2024, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Basrelona” prezidenti Joan Laporta klub tarbiyalanuvchisi Lamin Yamal bo‘yicha o‘ta katta summa ko‘rsatilgan taklif olganini ma’lum qildi.

Tecno

Nomi sir tutilayotgan klub 17 yoshli futbolchi uchun 250 million evro bermoqchi bo‘lgan ekan. Laporta klub moliyaviy qiyinchiliklardan qiynalayotganiga qaramay, bu taklifni rad etganini ma’lum qildi.

- Klub Lamin Yamal uchun 250 million evrolik taklif oldi. Biroq biz uni rad etdik, - dedi Joan Laporta.

Lamin Yamal klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy tarkibga qabul qilinganidan beri kataloniyaliklar safida 62 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 14 assist muallifi bo‘lgan.

“Barselona” 250 million evrolik transfer taklifini rad etganidan keyin transfer rekordi yangilanmay qoldi. Hozirgi rekord 2017 yili qayd etilgan bo‘lib, unda PSJ braziliyalik Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!