12 yoshli Muhammadqodir O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

BEPUL PROPAN

So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘plab sport turlari qatori sharq yakka kurashlariga ham e’tibor yanada kuchaydi. Jumladan, Jiu-Jitsuga ham.

Joriy yilning 19-21 aprel kunlari Buxoro shahrida Jiu-Jitsu bo‘yicha 2004-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati va 16 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati bahslari o‘tkazildi. Aytish lozimki bu Jiu-Jitsu bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan mamlakat chempionati bo‘ldi.

Sportchilar ushbu musobaqalarda 3 xil – “Ne- vaza”, “No- gi” hamda “Fayting sistem” yo‘nalishlarida bahs olib borishdi.

Ushbu bahslarda 2007 yilda tug‘ilgan va 30 kg vazn toifasida ishtirok etgan qo‘qonlik iste’dodli sportchi Muhammadqodir Mahmudxonov “Ne- vaza” va “No- gi” yo‘nalishlarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi hamda O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, Muhammadqodir bungacha ham viloyat va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!