
12 kishi bilan mashg‘ulot o‘tadik - Mirjalol Qosimovning AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi fikrlari
Superliga 10-turidan o‘rin olgan bahsda AGMK va "Lokomotiv" klublari o‘zaro bellashdi. Qizg‘in kurashlar ostida kechgan o‘yinda olmaliqliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Ikkita bo‘limda har xil o‘yin namoyish etishimizga sabablar ko‘p: chempionatimiz bir tekisda o‘tmayotganligi, jamoamizning yarim tarkibi kasallikka chalinganligi o‘z tahsirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sababli, jamoamizning jismoniy holati yaxshi emas. Oxirgi paytlar 11-12 kishi bilan mashg‘ulot o‘tadik. Bunday katta tanaffusdan keyin o‘ynash oson emas. Hali 29 avgustgacha yana 3 ta o‘yinimiz bor. Va endi tiklanish va jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratishimiz lozim. O‘ylaymanki, tez orada qolgan futbolchilar ham safga qaytadi.
Albatta, jamoada kayfiyat yaxshi. Birinchi taymda Dilshod Jo‘raev tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatodan keyin, tanaffusda yigitlarga uning uchun ham g‘alaba qozonishimiz shartligini tushuntirishga urindim va bu o‘z samarasini berdi".
Fikrlar