11 nafar futbolchi ketib qoldi

  • 28 may, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsumda Angliya Premer-ligasini tark etgan “Lester Siti” kelasi mavsum oldidan tarkibini qayta shakllantirishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Angliya matbuotining yozishicha, “tulkilar” safini jami 11 nafar futbolchi tark etdi. Jamoa yulduzi va to‘purari Jeymi Vardi, darvozabonlardan Daniel Lyonn Iversen hamda Denni Uordning shartnoma yakunlandi. Ularga yangi bitim berilmaydi.

 Shuningdek, klub tarkibidagi yoshlar jamoasidan sakkiz nafar futbolchi ham narsalarini yig‘ishtirib ketdi. Xususan, Oliver Yuing, Xarvi-Godsmark-Ford, Ben Grist, Denish Xill, Liem Makelinni, Arjan Raykxi, Jozef Uormleyton va Bred Yang asosiy jamoaga o‘tish uchun kurashmasdan, omadini boshqa joylardan qidiradigan bo‘ldi.

Ma’lumki, “Lester Siti” Angliya Premer-ligasini 18-o‘rinda yakunladi va kelasi mavsumni Chempionshipda boshlaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!