
1 oydan ortiq vaqt kortga chiqmagan Daniil Medvedev hamon ATP reytingini boshqarmoqda (foto)
ATP tennischilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kuchli o‘nlikda bittagina o‘zgarish kuzatilgan. Ispaniyalik Karlos Alkaras 1 pog‘ona yuqorilab, faoliyatida ilk bor top-5ga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan o‘rinlarda yangilik yo‘q.
Bundan tashqari, ro‘yxat peshqadami Daniil Medvedev ketma-ket o‘ninchi hafta sayyoramizning rasman eng kuchli raketka ustasi maqomini o‘zida saqlab qoldi. Bu orqali u rossiyaliklar orasida buni uddalagan ilk tennischiga aylandi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Marat Safin 9 hafta birinchi pog‘onada borgandi.
26 yoshli Medvedev so‘nggi bor Malorkadagi turnir chorak finalida Roberto Bautista Agutga qarshi kortga chiqqandi. Bahs 23 iyun kuni o‘tkazilgan.
Quyida reytingdagi eng kuchli 10 nafar raketka ustasi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar