Xavi: "Agar jarohatlar haqida gapirsam, bu bahona bo‘lib tuyuladi"

  • 6 aprel, 2023, 02:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "el-klasiko" to‘qnashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Dastlabki o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozongan "Barselona"ni javob bahsida "Real" ayab o‘tirmadi. Uchrashuvdan keyin kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Bu uyat. Biz o‘zimizni tanqid qilishimiz kerak. Ikkinchi taym juda yomon o‘tdi. O‘ylashimcha, birinchi bo‘limni yaxshi natija bilan yakunlashimiz mumkin edi. Qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Agar jarohatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, bu bahonadek tuyuladi. Men allaqachon aytgan edim, "Real" - favorit." 

"Bu juda katta mag‘lubiyat, lekin hisobga yarasha o‘ynamadik. Biz tezda javob berishimiz va La Ligani qo‘lga kiritishimiz zarur," - dedi Xavi. 

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya kubogi finaliga chiqqan "Real"ning keiyngi raqibi "Osasuna" bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!