
Sloan Stivens chorak finalda o‘ynaydi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens Charlston shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.
U "Premera" turkumiga kiruvchi turnirning uchinchi davrasida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichni 4:6, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi "Volvo Car Open"ning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda Stivens amerikalik Medison Kizga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar