
Sergey Lapin: "Aynan bir g‘alaba Aleksandr Usik bu avlodimizning eng yaxshi bokschisi ekanini tasdiqlaydi"
Ukrainalik boks yulduzi Aleksandr Usikning birinchi murabbiyi Sergey Lapin shogirdi haqida gapirdi.
“Usik navbatdagi jangida Daniel Dyubua bilan to‘qnash kelishni istamoqda. Mazkur bahs Ar-Riyod yoki Londonda bo‘lib o‘tadi, degan taxminlarimiz bor. Aynan mana shu qarama-qarshilikdagi g‘alaba Aleksandr bu avlodimizning eng yaxshi bokschisi ekanini tasdiqlaydi" - deya Lapinning so‘zlarini keltirdi "All Out Fighting" portali.
Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangida Tayson Fyurini ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgandi.
Fikrlar