
Rafael Nadal ham "jang"ga kirishdi
Angliya poytaxti London shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasida birinchi davra bahslari davom etmoqda.
Unda ispaniyalik tennischi Rafael Nadal chempionatning ilk davrasida yaponiyalik Yuichi Sugitaga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:1, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Rafael navbatdagi bosqichda avstraliyalik Nik Kirosga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar