
Mourino Turkiyadan sekin “qochib” qolmoqchi
“Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin Turkiyadan ish topgan Joze Mourino bu mamlakatda ham uzoq qolmoqchi emas.
Ayni paytda “Fenerbahche”ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis yana Angliya Premer-ligasiga qaytib borishga umid bog‘lagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Nyukasl” rahbariyati natijalar qoniqarsizligi tufayli bosh murabbiy Eddi Xauni ishdan olishni rejalashtirmoqda.
Agar vaziyat shu darajaga etib borsa, Joze Mourino “qarg‘alar”ga ustozlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 61 yoshli portugaliyalik mutaxassis Angliyaga qaytish uchun “Nyukasl”ni ideal variant, deb hisoblamoqda va bu jamoaga oid har qanday yangilikdan boxabar bo‘lib turishni yo‘lga qo‘ydi.
Bundan tashqari, Mourino “Nyukasl” boshqaruv kengashi vakili Yasir Ar-Rumayyan bilan ham do‘stona munosabatga ega va u bilan xabarlashib turibdi.
Fikrlar