
Jasurbek Yo‘ldoshev tojikistonlik bokschiga imkon qoldirmadi
Ayni paytda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
9-kun doirasida, 86 kg da Jasurbek Yo‘ldoshev tojikistonlik Ahmadjon Saidovga qarshi ringga ko‘tarildi. Faol tarzda harakat qilgan hamyurtimiz 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda Jasurbek raqibni 2 bor nodaun holatiga solib qo‘ydi va so‘nggi raund ham yuqoridagilar kabi stsenariy ostida kechdi. Yakunda yurtdoshimiz haqli tarzda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Jahongir Zokirov va Qozog‘iston vakili Oybek Oralbay o‘rtasidagi yana bir muhim kutib turibdi.
Fikrlar