Fabritsio Romano tasdiqladi! "Barselona" katta transferga hozirlik ko‘ryapti!

  • 1 avgust, 2024, 15:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli insayder va jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Barselona" Dani Olmoning transferida oldinga siljidi. Ya’ni kataloniyaliklar asli "La Masiya" tarbiyalanuvchisi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘ldi. Shartnomaning o‘zi esa 2030 yilgacha imzolanishi kutilmoqda.

Tecno

"Barselona" "RB Leyptsig"ga yangi rasmiy taklif yubordi. Unga ko‘ra:

- 55 million evro kafolatlangan to‘lov;

- 4 million evro bonuslar;

- 3 million evro ehtimoliy individual sovrinlar uchun.

Olmoning o‘zi ham "Barselona"ga qaytishni va bu jamoa safida uzoq yillar to‘p tepishni xohlaydi. Shu sababdan ham ikkala jamoaning barcha shartlar bo‘yicha tez orada kelishib olishlari kutilyapti. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!