
Elina Svitolina kurashdan chiqdi
Ukrainalik latofatli tennischi Elina Svitolina Qatar poytaxti Doxa shahrida o‘tkazilayotgan "Qatar Total Open" turniridagi ishtirokini to‘xtatdi.
Elina musobaqaning ilk bosqichida amerikalik Amanda Anisimovga qarshi kortga chiqib, har ikkala setda bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, Qatar birinchiligining ikkinchi davrasiga chiqqan A.Anisimova rossiyalik Svetlana Kuznetsova yoki polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar