Butunjahon armiya o‘yinlari. Otabek Turg‘anbekov - bronza medali sohibi!

CHERY AUTO

Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda.

Tecno

-54 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Otabek Turg‘anbekov misrlik Muaz Azatni 24:19 hisobida mag‘lub etdi va bronza medali sohibiga aylandi!

Eslatib o‘tamiz, Turg‘anbekov dastlabki bosqichda koreyalik Park Yongchulni, nimchorak finalda kuvaytlik Ali Almershadni mag‘lub etgandi. Chorak finalda esa braziliyalik Paulo Meloga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgandi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!