
Boshkovich: "Biz to‘xtab qolishni istamaymiz"
Coca-Cola Superliga 10-turida o‘z maydonida «Turon»ni mag‘lub etgan «So‘g‘diyona» jamoasi ustozi Ivan Boshkovich o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bugun ham natijadan ham jamoam namoyish etgan o‘yindan qoniqdim. Umid qilamanki, bugungidek o‘ynashni davom ettiramiz. Biz to‘xtab qolishni istamaymiz, rivojlanishda, yaxshi natijalar uchun harakat qilishda davom etamiz. Tanaffus paytida yigitlarga asabiylashmaslikni uqtirgan edim. Ikkinchi taymda ham birinchi bo‘limdagi kabi harakat qilishni reja qilgandik”, - dedi Boshkovich.
“Futbolchilar doimo turli jismoniy holatlarda bo‘lishadi. Hamma ham doim bir xil sport formada bo‘lmaydi. Zaymovich hozir avvalgi formasidan yaxshiroq holatda va shuning uchun hozirda avvalgiga nisbatan ko‘proq gollar kirityapti. Bizning vazifamiz ularni doimiy ravishda yaxshi sport formasida bo‘lishlari uchun yordam berish. Bundan ham yaxshi o‘ynay olishimizni bilamiz. Futbolchilar doim buni bilishlari va ishlashdan to‘xtab qolmasliklari kerak”.
“Jamoadagi barchaning asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun daraja va saviyalari etarli. Ular zaxiradan maydonga tushib ham o‘yinni kuchaytira olishlarini tushunishlari va bilishlari kerak. Bunga qadar olgan 7 ochkoimizga qarasak, aynan zaxiradan maydonga tushganlar ko‘proq xissa qo‘shishdi. Buni futbolchilar yaxshi tushunishlari kerak”.
Ayni dam "So‘g‘diyona" turnir jadvalida 11 ochko bilan 9-o‘ringa chiqib oldi. Jizzaxliklarni 11-turda "Buxoro"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar