
Ana xolos: Amorim MYu yulduziga ishonmaydi, iqtidor egasi Manchesterni tark etadi
“Manchester Yunayted”ning yosh yulduzlaridan biri Alexandro Garnacho yozda “Old Trafford”ni tark etishi kutilmoqda.
20 yoshli hujumkor futbolchi mavsum boshidan beri 20 ta uchrashuvda 8 ta gol to‘rtta assist muallifi bo‘lganiga qaramay, Ruben Amorim unga suyanmaslikka qaror qildi.
Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, Amorim jamoani o‘ziga moslashtirish uchun yoza jiddiy o‘zgarishlar qiladi. Garnacho o‘rniga portugaliyalik mutaxassisga ma’qul kelgan o‘yinchi topilsa, argentinalik futbolchi joyini bo‘shatib berishi talab etiladi.
Alexandro Garnacho mavsum oxiriga qadar o‘z o‘yini bilan Ruban Amorimning fikrini o‘zgartirishi va jamoaga kerakligini yana bir karra isbotlashi kerak.
Fikrlar