Amorim: “Menga "Liverpul"dan oldinda bo‘lish muhim emas, men faqat g‘alaba haqida o‘ylayman”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim “Liverpul” bilan raqobat va o‘zining chempionatdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
“Menga "Liverpul"dan oldinda bo‘lamizmi yo‘qmi — bu umuman muhim emas. Men faqat har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni va turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasida yakunlashni istayman. Mening maqsadim jamoa o‘yinini shunday qurishki, biz Angliya chempioni bo‘laylik,” — dedi Amorim "Stan Sport Football" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, APLda 9 ta turdan so‘ng "qizil iblislar" 16 ochko to‘plab, 6-o‘rinda bormoqda. Bugun 10-tur doirasida portugaliyalik mutaxassisning shogirdlari “Nottingem Forest” bilan bahs olib boradi.



Fikrlar