Abbos gol urmasligi, assist qayd etmasligi kerak...

  • 21 dekabr, 2024, 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbek futbolining so‘nggi yillardagi eng yorqin iste’dodlari sifatida xorijda muvaffaqiyatli to‘p tepayotgan Abbosbek Fayzullaev va Abduqodir Husanovni ko‘rsatish mumkin.

Abduqodir bugungi kunda Frantsiya chempionatining kashfiyotiga aylandi. Evropaning qator qudratli klublari 20 yoshli himoyachini o‘z safida ko‘rishni orzu qila boshladi. Husanovning transfer summasi qisqa fursatda bir necha baravar ko‘tarilib, 12 million evroga etdi. Legionerimiz bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng qimmat o‘yinchiga aylandi.

Abbosbek esa, ikki yildan beri Rossiya futbolida porlayapti. Fayzullaev ham Evropaning kuchli ligalariga yo‘l olishga bel bog‘lagan talantlarimizdan.

Legioner maqomini olganidan beri uning ham transfer summasi keskin oshdi va ayni paytda o‘yinchimizning narxi 8 million evroga baholanyapti.

Abbosbek Fayzullaev Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekistonning eng zo‘r futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqqa Abduqodir Husanov ham da’vogarlik qilgandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov yangi avlod vakillari orasida o‘z iqtidorini namoyish qilib kelayotgan ikki o‘yinchi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Abbosbek Fayzullaevga eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida raqobat tug‘dira oladigan o‘yinchilar bor, albatta. Men Abbosbek bu yil shu sovringa munosib o‘yin ko‘rsatdi, deb ayta olaman. Buni Rossiya chempionatidagi o‘yinlari va O‘zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi paytlardagi uchrashuvlarida qanday o‘ynaganidan bilib olish mumkin. Fayzullaev bu sovringa o‘z harakati va ishtiyoqi orqali munosibligini ko‘rsata oldi.

“Lans”da o‘ynayotgan Husanov ham bor. Yosh yigit, uning bir necha uchrashuvdagi o‘yinini kuzatdim. Agar u shu taqlid davom etsa, uning faoliyati yanada yuksalib ketadi, deb o‘ylayman.

Husanov va Fayzullaevning maydondagi pozitsiyalari bir biridan farq qiladi, albatta. Husanov yaxshi himoyachi bo‘lgani bilan o‘zining ustun tomonlarini ko‘rsatishi uchun nima qilishi kerak? Unda Abbos gol urmasligi, assist qayd etmasligi kerak. Abduqodirning o‘zi esa, doim boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi, ko‘p uchrashuv o‘tkazashi, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasligi, golli paslar uzatib, o‘zi ham 4-5 ta to‘p kiritishi shart.

Himoyachiga bunday sovrinlarni yutishda hujumkor futbolchilar bilan raqobatlashish juda og‘ir. Chunki himoyachilarga qaraganda, oldingi chiziqdagi o‘yinchilarning samarasi ko‘proq ko‘zga tashlanadi, - dedi Vitaliy Denisov.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Lans” safida barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushdi.

Abbosbek Fayzullaev TsSKA futbolchisi sifatida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol va oltita assist qayd etdi.

Frantsiya va Ispaniyadan bo‘lgan chorlov ortidan Fayzullaevning maoshi oshdi!

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qanday qarorga keldi?

Husanov “yondiryapti”, u katta o‘zgarish qildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
21/12/2024 09:15
Vitaliy rost gapni gapirdi