
Uilsher JCh-2018 ro‘yxatidan tushib qolgani haqida: Mundialga borishga loyiq edim...
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilsherni JCh-2018ga boradigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritmadi.
“Qaydnomaga kiritilmaganimdan juda hafaman. Men butun mavsum umuman jarohat olmadim va ko‘rsatgan o‘yinlarim bilan mundialga borishga loyiq edim. Agar menga imkoniyat berilganida men albatta jamoamga foyda keltirardim.
Endi men faqatgina murabbiyning qarorini hurmat qilishim va terma jamoamga jahon chempionatida omad tilashim mumkin. Men har doim terma jamoa uchun muxlislik qilaman va huddi boshqa ishqibozlar kabi yigitlarni qo‘llab-quvvatlayman”, - deb yozadi Uilsher o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Fikrlar