“Navbahor” futbolchilari bugun Namanganda yig‘ilishdi

  • 5 yanvar, 2019, 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PEPSI Superliga-2018 bronza medallariga ega chiqqan Namanganning "Navbahor" jamoasi bugundan o‘z qarorgohida yig‘in boshlaydi.

Tecno

Jamoa futbolchilariga ortda qolgan mavsumdan so‘ng hordiq chiqarish uchun ta’til berilgan edi. Bugundan klub Namanganda to‘planadi.

Ertaga “lochinlar” futbolchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rejalashtirishgan. So‘ngra 10 kun davomida Namangandagi “Dinamo” va “Yoshlik” stadionlarida mashg‘ulotlar olib boriladi. 17 yanvarga qadar shug‘ullanishni mo‘ljallagan namanganliklarning yig‘ini so‘ngra Qrimga ko‘chadi.  Jamoa u erda 1 fevralga qadar mashg‘ulotlar olib borishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!