
Gulistonda K-1 janglari bo‘lib o‘tadi
17 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston Kikboksing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan, K-1 yo‘nalishidagi professional jang oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda bir qator, hamyurtlarimiz qatorida Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan kikboksing ustalari ham ringa ko‘tariladi. Janglar Guliston shahar amfiteatrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar