Ispaniyani Mundialda kimlar himoya qiladi?  

  • 20 may, 2018, 17:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Qizil Furiya” Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Mundialda favoritlar orasida, boisi Xuan Lopetegi qo‘li ostida bir qator iste’dod egalari to‘plangan. Ammo 23 kishilik yakuniy ro‘yxatdan kimlar o‘rin oladi? Goal nashri bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Ispaniya ayni vaqtda sport formasida bo‘lib turibdi. Mart oyining oxirida Argentinani 6-1 hisobida “yanchib tashlagan” Lopetegi shogirdlari 18 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

2008 va 2012-yilgi Evropa, 2010-yilgi Jahon chempionlari so‘nggi ikki yirik musobaqani barbod qilgandi. 2014-yilgi Jahon Chempionatida guruhda qolib ketgan bo‘lsa, 2016-yilgi “Evro”da nimchorak finaldayoq o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Visente Del Boske qit’a birinchiligidan keyin iste’foga chiqishiga to‘g‘ri keldi. Lopetegi esa “Qizil Furiya”ni qabul qilib oldi va Mundialga jamoasini yuqori kayfiyatda boshlab keldi. Uning shogirdlari “G” guruhida to‘qqiz g‘alaba va bir durang bilan guruhni peshqadam sifatida yakunladi.

Mart oyida dastlab Germaniyaga qarshi durang va Argentinani “er tishlatgani”dan keyin basklik mutaxassis engilmas bo‘lib qolmoqda. Bunday ko‘rsatkich bilan ular so‘zsiz Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Mundialning asosiy favoritlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Qo‘li ostida bir qator iqtidorlarni to‘plagan Lopetegining yakuniy ro‘yxatidan kimlar o‘rin oladi? Goal nashri bu borada mulohaza yuritdi.

“Ketmoni uchadiganlar”

“Manchester Yunayted” posboni so‘zsiz birinchi raqamli bo‘ladi. “Atletik”ning yosh darvozaboni Kepa Arrisabalaga esa unga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.

Himoya markazini Serxio Ramos va Jerar Pikelar tashkil qilishi barchaga ayon holat. “Real” va “Barselona” etakchilari navbatdagi bor elkama-elka vatan sharafini himoya qilish uchun bir tomondan kurash olib boradi.

Qanot himoyasini ham yana “Real” va “Barselona” vakillari – Dani Karvaxal va Jordi Albalar egallashi kafolatlangan.

“Barsa” yarim himoyachisi Serxio Buskets yaqinda jarohat olganiga qaramay Rossiyaga uchadigan samolyotgacha safga qayta oladi. U bunga jamoadoshi, klubdan ketadigan Andres Inestaga hamrohlik qiladi. Kataloniyaliklar sardori ushbu musobaqadan keyin terma jamoadan ham ketishini ma’lum qilgan.

Madridliklar yarim himoyasi etakchilari – Isko va Marko Asensiolar ham Lopetegi uchun muhim futbolchilar hisoblanadi. Ularga “Manchester Siti”dan David Silva, “Bavariya”dan Tyago Alkantaralar kelib qo‘shiladi. Ularga “Atletiko”dan Koke va Saul raqobatchilik qilishi ehtimoli yuqori.

Hujumda esa Diego Kostaning tushishi kafolatlangan. Sababi Lopetegi unga qattiq ishonch bildirmoqda. Aynan u Argentinaga qarshi gollar shodasini ochib bergan edi. Uning yakuniy ro‘yxatga kirishi aniqroq bo‘lib ko‘rinmoqda.

Ehtimoliy zaxirada o‘tiruvchilar

Qariya darvozabon Pepe Reyna Ispaniya bilan yozda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirok etishi mumkin. Bu uning professional faoliyatidagi so‘nggi turniri bo‘lsa kerak.

Himoyada, “Chelsi” vakili Sezar Aspilikueta o‘ng qanot yoki markaziy himoyachi vazifasida o‘ynashi mumkin. Lopetegi “Real Sosedad”dan Alvaro Oriosolani ham tarkibga qo‘shishi mumkin. Serxi Roberto esa himoyada boshqa bir variantni tuhfa qilishi mumkin.

Shuningdek, ispaniyalik murabbiy chap qanotda Nacho Monreal yoki Markos Alonsolardan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Yarim himoyadagi o‘rinlar to‘lgan bo‘lsada, Rodri va Dani Parexolar asosiy tarkibdagilardan birortasi jarohat oladigan taqdirda ularning o‘rnini egallashi mumkin.

Hujumda esa “Valensiya”ning boshqa bir vakili Rodrigo martda Germaniyaga qarshi o‘yinda ajoyib goli bilan yodda qolgandi.

Lukas Vaskes va Yago Aspaslar ham martdagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishgan edi va ularda ham Rossiyaga uchish uchun ajoyib imkoniyat hosil qilgan.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!