Zoteev va uning jamoasi elitadan quruq qoldi

  • 22 noyabr, 2020, 12:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oleg Zoteev va uning jamoasi – “Chonnam Dragons” uchun mavsum yakunlandi.

Tecno

Gap shundaki, Janubiy Koreya “K2” ligasining oxirgi turida “Chonnam Dragons mehmonda “Seul A-Lang” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu uchrashuvda legionerimiz to‘p surayotgan klubni faqat g‘alaba qoniqtirardi. Shu bois bu o‘yin o‘ta muhim ahamiyat kasb etardi. O‘yinning 34-daqiqasida norvegiyalik hujumchi Yulian Kristoffersenning goli mehmonlarni oldinga olib chiqqandi. Biroq 45+3-daqiqada Leandro hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, “Chonnam Dragons” 6-o‘rin bilan kifoyalangan holda kuchlilar safiga chiqish imkoniyatini boy berdi. Hamyurtimiz Oleg Zoteev ushbu uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa davomida to‘p surdi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!