
Zommer "Inter"ga o‘tishga yaqin turibdi
"Bavariya" vakili Yann Zommer "Inter"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Milanlkilar Andre Onanani "Manchester Yunayted"ga sotish arafasida. Tomonlar kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, "qizil iblislar" Onanana uchun 55 million evro to‘laydi. Andre klub bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.
Zommer "Bavariya"da ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lishni istamadi va faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga qaror qildi. "Inter" bu transfer uchun myunxenliklar hisobiga 6 million evro o‘tkazib beradi.
Fikrlar