
Zlatan muhim bellashuvda jamoasiga yordam bera oladi
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich jarohatidan deyarli sog‘ayib bo‘ldi.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi UEFA Evopa ligasi saralashidan o‘rin olgan "Shemrok Rovers" jamoasiga qarshi o‘yinga qadar safga qaytishi mumkin. Ushbu o‘yin 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ibragimovich yaqinda “Milan” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgan edi.
Fikrlar