Zlatan Evropa chempionati tarixiga kirdi

  • 25 mart, 2023, 13:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zlatan Ibragimovich Evro saralash bosqichi tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi.

Tecno

Shvetsiyalik hujumchi 41 yoshu 172 kunlik bo‘lganida, Belgiyaga (0:3) qarshi "Evro-2024" saralash o‘yinining 73-daqiqasida maydonga tushdi.

Zlatangacha 1983 yilda Shvetsiyaga qarshi 41 yoshu 3 oylik o‘ynagan Italiya terma jamoasi darvozaboni Dino Zoff mazkur turnir saralashi tarixidagi eng keksa futbolchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" klubi futbolchisi Shvetsiya terma jamoasi safida 122 ta o‘yin o‘tkazgan va 62 ta gol urgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!