
"Barselona" sobiq sardori: "Portugaliya Jahon chempioni bo‘lishga favoritlardan biri"
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Karles Puyol Portugaliya terma jamoasini 2026-yilgi Jahon chempionatining favoritlaridan biri deb hisoblaydi.
"Ha, men aynan shunday deb o‘ylayman. Portugaliya juda sifatli terma jamoaga ega — futbolchilari yirik klublarda o‘ynaydi, bu klublar ko‘pincha g‘alaba qozonadi. Bu raqobatbardosh jamoa va ajoyib murabbiyga ega. Shuning uchun u favoritlar safida, deb hisoblayman.
Hali oldinda bir yil bor, bu davrda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin: jarohatlar, murakkab taqvim… Ammo hozirgi vaqtda bu juda xavfli terma jamoa", — dedi sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi g‘olibiga aylangan edi. 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida esa ular Armaniston, Vengriya va Irlandiya terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Fikrlar