
Gvardiola, shu futbolchini bizga ber!
“Manchester Siti”ning eng mashhur o‘yinchilaridan Jek Grilish yangi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi kutilmoqda.
“Shaharliklar” o‘z davrida Angliyaning eng zo‘r hujumkor futbolchilaridan biri sifatijda e’tirof etilgan Grilishni 2021 yili rekord summa – 117,5 million evroga “Aston Villa”dan olib kelgan edi.
Grilish Manchesterga kelganidan keyin avvalgi darajada o‘yini namoyish qila olmayapti. Xosep Gvardiolaning 30 yoshli o‘yinchiga ishonchi qolmadi va jamoadan ketishini tavsiya qildi.
Ayni paytda Jek Grilishga bir necha klub xaridor. Ular orasida “Everton”ning maqsadi va harakatlari jiddiy.
“Everton” rahbariyati Grilishga o‘z loyihasida markaziy rollardan birini berishga tayyor. Ular bu o‘yinchi jamoaning raqobatbardoshligini ko‘tara olishiga ishonishmoqda.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy kechmoqda. Grilishning o‘zi ham Manchesterni tark etishga qarshi emas. Bu omil transferni osonlashtiradi.
Fikrlar