
Zidan "Real"dan nega ketganini aytdi
"Real"ning sobiq ustozi Zinedin Zidan jamoadan ketish sababini ochiqladi.
"Men o‘z lavozimimni tark etdim, chunki endi men klubda o‘zimga nisbatan kerakli ishonch va yordamni his qilmayapman. Bu holda o‘rta yoki uzoq muddatli istiqbolda biror narsa rejalashtirish mumkin emas.
Bundan tashqari, men "Real" kabi jamoalarning qanday talablar qo‘yishini yaxshi bilaman. Hech narsa yuta olmasang, ketishing kerak”, - dedi 48 yoshli frantsiyalik mutaxassis.
Zidan o‘tgan hafta “Real”dan ketganini e’lon qildi. Vaholanki, uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan edi.
O‘tgan mavsum Zidan boshchiligidagi "Real" La Ligada 2-o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasining 1/2 finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar