
Zidan qachon va qaysi jamoada ish boshlashi aniq bo‘ldi
2021 yili “Real” bosh murabbiyligidan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan yana sevimli kasbini davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, Zidan 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Dide Desham o‘rnini egallab, Frantsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi kutilyapti.
RMC Sport nashri jurnalisti Jilber Brisbua bu ma’lumotlarni tasdiqladi.
Zidanning o‘zi yaqinda jurnalistlarga intervyu berib, hamon o‘zini futbol murabbiyi sifatida his qilayotgani va ma’qul takliflar bo‘lsa, ishga kirishishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Frantsiya terma jamoasini uzoq muddatdan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Dide Desham ham bu ma’lumotlarni xotirjam qabul qildi.
- Zizu bosh murabbiylik uchun ajoyib nomzod. Tabiiy va hamma kutgan tanlov, - dedi Dide Desham.
Ta’kidlash joizki, Frantsiya terma jamoasini boshqarish Zinedin Zidanning asosiy orzusi hisoblanadi. Ana shu maqsadda, frantsiyalik mutaxassis o‘ziga har yili qator klublardan bo‘ladigan takliflarni qabul qilmay kelmoqda.
Fikrlar