
Kamoliddin Tojiev "Dinamo"ga qarshi durang haqida fikr bildirdi
Xabaringiz bor, Superliganing 18-turidan o‘rin olgan bahsda "Paxtakor" "Dinamo" bilan kuch sinashib, so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"O‘yinni yaxshi boshladik. Biroq, yana yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. Keyin yigitlar sekinlashib qolishdi. Ikkinchi bo‘limda oxirigacha g‘alaba uchun kurashishda davom etdik. Har ikki jamoa futbol o‘ynashga intildi.
Bizda imkon bor ekan, harakat qilishda davom etamiz. O‘yinimizni kuchaytirish uchun o‘zgarishlar qildik. Jamoamizga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar yaxshi holatga kirib borishmoqda va tez orada foyda keltirishadi, deb o‘ylayman", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "sherlar" ustozi.
Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor" bundan avvalgi turda OKMK bilan to‘qnash kelgan va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar