Zidan nega “Manchester Yunayted”ni boshqarmasligini ochiq aytdi

  • 9 sentabr, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa matbuotida “Manchester Yunayted” rahbariyati niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xagni iste’foga chiqarib, jamoani Zinedin Zidanga topshirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Tecno

Biroq frantsiyalik mutaxassis Angliyada ish boshlay olmasligini tan olib, buning sabablarini ochiqladi.

“Manchester Yunayted”ni boshqaramanmi? Men ingliz tilini tushunaman, lekin fikrlarimni bu tilda erkin bayon qila olmayman.

Milliy tilni bilmay, jamoalarni boshqarayotgan murabbiylarni ham taniyman. Lekin men boshqacha printsiplar asosida ishlayman. G‘alaba juda ko‘p omillarga bog‘liq. Men esa, g‘alaba qozonish uchun o‘zimga nimalar kerakligini yaxshi bilaman, -  dedi Zinedin Zidan.

Zidan shu paytga qadar bosh murabbiy sifatida faqat “Real”da, bir yillik tanaffus bilan jami to‘rt yil ishlagan. Frantsiyalik mutaxassis qo‘l ostida madridliklar ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi g‘olibi, uch bor Chempionlar ligasi bosh sovrini sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!