Zidan: "Biz Beyl bilan uning qolishi haqida gaplashib oldik. U bugun juda yaxshi o‘ynadi."

  • 18 avgust, 2019, 00:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing ilk turidan o‘rin olgan "Selta"(3:1)ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Garet Beyl jamoada qolishi borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

"O‘yindan oldidan Beyl bilan uning jamoada qolishi haqida gaplashib oldim. Bizning ixtiyorimizda bo‘lgan barcha futbolchilar endi faqat mavsum haqida o‘ylashadi. Garet ham boshqalar singari juda yaxshi o‘ynadi. Endi u faqat yangi mavsum haqida qayg‘uradi va o‘ynash haqida bosh qotiradi," - dedi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi "Selta"ga qarshi bahsda, asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuvning 12-daqiqasida golliz uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!