
Zidan birdaniga ikki jamoani boshqaradi
Zinedin Zidan PSJni qabul qilib olishga rozi bo‘ldi. Buning uchun Parij klubi xo‘jayinlari frantsiyalik mutaxassisga Frantsiya terma jamoasida ham bosh murabbiylik qilishiga ruxsat berishiga to‘g‘ri keldi.
Mamlakat bosh jamoasini boshqarishni maqsad qilgan Zinedin Zidan o‘ziga bo‘lgan takliflarni rad etib kelayotgan edi. Mashhur futbolchi shu yilning oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin terma jamoani Dide Deshamdan qabul qilib olishi kutilyapti.
PSJ rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarishi haqida xabarlar tarqalib bo‘ldi.
Klub mutasaddilari Zidanga har mavsum uchun 25 million evro maosh to‘lashni va’da qilgan va mutaxassisning roziligini olgan.
Fikrlar