
"Zenit" - "Orenburg" 3:1 (video)
Kecha Rossiya premer-ligasining 21-turida hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Orenburg" klubi safarda "Zenit"ga qarshi bahs olib bordi. "Gazprom-Arena"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Afonin mazkur bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Bugungi bahsdan so‘gsh "Orenburg" hisobidagi ochkolar soni 26 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar