
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Shveytsariyalik mashhur himoyachi Shtefan Lixtshtayner professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda Shveytsariya terma jamoasining tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar tarqatildi.
36 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi Germaniyaning “Augsburg” klubi bo‘lgan edi. U faoliyati davomida «Grassxopper», «Lill», «Latsio», «Yuventus» va «Arsenal» klublarida to‘p surgan.
Lixtshtayner uzoq yillar davomida Shveytsariya terma jamoasiga sardorlik qilib keldi va 108 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.
Fikrlar