
U ham koronavirus yuqtirib oldi!
BBC Sport nashrining xabar berishicha "Yuventus"ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlangan.
Gap argentinalik hujumchi Paulo Dibala haqida ketmoqda. U Daniele Ruganidan so‘ng COVID 19 virusi aniqlangan 2-futbolchi bo‘ldi.
Hozirda “Yuventus”ning barcha xodimlari, ya’ni 121 kishi karantinga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Italiyada ayni damda koronavirusdan vafot etganlar soni mingtadan ortib ketdi.
Fikrlar