
"Yuventus"ni yarim himoyachi tark etishi mumkin. Unga Bundesliga va APL klublari qiziqmoqda
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan jamoani tark etishi mumkin.
25 yoshli futbolchi Mauritsio Sarrining ish rejalariga kirmayapti. Futbolchiga Bundesliga va APL klublari qiziqmoqda. Jumladan, "Manchester Yunayted" yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Jan 2018 yili "Liverpul"dan "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Joriy mavsum A Seriyada Jan 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar