
"Yuventus" top hujumchi bilan kelisha olmayapti. Unga "Real" va MYu da’vogarlik qilmoqda
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala yozgi transfer oynasi vaqtida turinliklar tarkibini tark etishi mumkin.
27 yoshli futbolchi uchun "Manchester Yunayted" va "Real" klublari da’vogarlik qilmoqda. Oldinroq, argentinalik futbolchi "keksa sinora" rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rad etgani haqida xabar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Dibala "Yuventus" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar