"Yuventus" sport direktori: Dibalaning agenti bilan gaplashyapmiz

  • 12 iyul, 2020, 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi sport direktori Fabio Paratichi jamoa forvardi Paulo Dibalaning kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

“Biz allaqachon futbolchining agenti bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborganmiz. U jamoamiz uchun muhim futbolchi.

Biz unga sarmoya kiritdik. Klub tavakkal qildi, ammo shunday bo‘lsada doim unga ishondi. Biz unga hatto 10-raqamni berdik. Biz unga doimo ishonganmiz”, - deydi Paratichi.

Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!