
"Yuventus" "Siti" yarim himoyachisini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi
"Yuventus" klubi qishki transferlar oynasi ochilishi bilan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kalvin Fillipsni o‘z safiga qo‘shib olish uchun ish boshlaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, manchesterliklar futbolchini ijaraga berishni rejalashtirmoqda. "Keksa senora" ham bu taklifga qarshi emas. Qolaversa, Fillipsning o‘zi ham "Yuve" bilan shartnoma imzolashga qarshilik bildirmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Kalvin joriy mavsum APLning 4 o‘yinida ishtirok etdi. Uning "transfermarkt" portalidagi narxi 28 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar