
"Yuventus" Rimda so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yubordi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)
Italiya A Seriyasining 7-turida “Yuventus” safarda “Latsio” mehmoni bo‘ldi.
Rimdagi o‘yinda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, 15-daqiqada Krishtianu Ronaldu “keksa sinora”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90-daqiqada Felipe Kaysedo gol urib, maydon egalarini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar